11
11

Serjio Gorni Oʻzbekiston Respublikasining “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni

Oʻzbekiston Respublikasi va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlash va uzoq muddatli strategik sheriklikni izchil kengaytirish, siyosiy-diplomatik muloqotni faollashtirish, ikki tomonlama kelishuvlarning amaliy ijrosini taʼminlash yoʻlidagi saʼy-harakatlari, Oʻzbekistonning iqtisodiy salohiyati va investitsiyaviy imkoniyatlarini AQSHda keng targʻib etish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, amerikalik investorlar va yetakchi kompaniyalarni mamlakatimizga jalb qilish, energetika, sanoat, transport va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli loyihalarni ilgari surish, Amerika–Oʻzbekiston biznes va investitsiya kengashi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi alohida xizmatlari uchun Amerika Qoʻshma Shtatlarining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gor Oʻzbekiston Respublikasining “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev