Aholining statistik registri shakllantiriladi

Farmonga koʻra, 2027-yil yakuniga qadar aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish natijalaridan foydalangan holda Milliy statistika qoʻmitasida (Qoʻmita):

— aholining statistik registrini shakllantirish va quyidagi shartlarni taʼminlash orqali aholi sonini hisoblash va eʼlon qilib borish amaliyoti joriy etiladi:

— davlat organlarining aholiga oid maʼlumotlar bazalari oʻzaro muvofiqlashtiriladi va maʼlumotlarni doimiy yangilab borish uchun aholining statistik registriga integratsiya qilinadi;

— aholining statistik registri “Kiberxavfsizlik markazi” DM tomonidan kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazilib, tegishli xulosa olinganidan soʻng amaliyotga joriy etiladi va axborot tizimi xavfsizligi doimiy tartibda monitoring qilib boriladi;

— aholining statistik registridan alohida ruxsat berilgan xodimlar tomonidan faqat statistik maqsadlarda jamlanma statistik maʼlumotlarni shakllantirish uchun foydalaniladi. Bunda mazkur registrda yuritiladigan individual maʼlumotlardan davlat organlari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi;

— qishloq xoʻjaligining statistik registri shakllantiriladi va undagi maʼlumotlarning doimiy ravishda yangilab borilishi taʼminlanadi.