2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida hududiy reabilitatsiya markazlarida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlarga 13 779 ta xizmat koʻrsatildi. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Bildirilishicha, mamlakatimiz boʻyicha 107 167 ta himoya orderi rasmiylashtirilib, birlamchi koʻmak xonalarida minglab ayollar va bolalarga yordam berilgan. Xususan, 58 431 ta soʻrovnoma oʻtkazilib, kunduzgi qatnash asosida 43 449 ta xizmat koʻrsatilgan. Birlamchi koʻmak xonalarida esa 5 995 nafar ayol va 2 842 nafar bola zarur yordam olgan.
Hududiy reabilitatsiya markazlarida koʻrsatilgan xizmatlar psixologik, huquqiy va ijtimoiy yordamni qamrab olgan. Jumladan, jabrlanganlarga 5 943 ta psixologik, 4 644 ta huquqiy hamda 3 192 ta ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan.
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlarga koʻrsatilayotgan yordam turlari hamda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha batafsil maʼlumotlar infografikalarda aks ettirilgan:

.jpg)
.jpg)