11
11

Xorijda ishlayotgan fuqarolarga 10,6 mlrd soʻmdan ortiq moliyaviy koʻmak berildi

2026-yilning dastlabki 8 oyida xorijga ishlash uchun ketgan fuqarolarning viza, aviachipta, sugʻurta hamda til va kasb boʻyicha imtihon xarajatlarining bir qismi qoplab berildi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, yil boshidan buyon xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishlash uchun ketgan fuqarolarga jami 10,6 mlrd soʻmdan ortiq moliyaviy koʻmak ajratilgan. Moliyaviy yordam Migratsiya agentligi yoki litsenziyalangan xususiy bandlik agentliklari orqali xorijda ishga joylashgan fuqarolarga taqdim etilmoqda.

Ajratilgan mablagʻlar ishchi vizasi xarajatlari uchun — 3 497 nafar fuqaroga 6 mlrd 613 mln soʻm, авиачипта xarajatlari uchun — 3 382 nafar fuqaroga 2 mlrd 767 mln soʻm, sugʻurta xarajatlari uchun — 4 525 nafar fuqaroga 1 mlrd 244 mln soʻm, хорижий til yoki kasb boʻyicha imtihon xarajatlari uchun — 30 nafar fuqaroga 34 mln 935 ming soʻmni tashkil etgan.