Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Maʻlum qilinishicha, ikki kunlik safar dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish oʻrin olgan.
Davlatimiz rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham koʻzdan kechiradi. Qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash koʻzda tutilgan.
Shuningdek, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtadi.