10-sentyabrdan Toshkent — Andijon yoʻnalishida yangi elektropoyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

2026-yil 10-sentyabrdan 730/729-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent” yoʻnalishidagi amaldagi poyezd tarkibi oʻrniga zamonaviy tezyurar “CRRC-Daliyan” elektropoyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 730-sonli “Toshkent — Andijon” elektropoyezdi Toshkent-Yoʻlovchi bekatidan soat 09:20 da joʻnab, Angrenga 10:25, Popga 12:00, Qoʻqonga 12:28, Margʻilonga 13:00 va Andijonga 13:35 da yetib boradi.

729-sonli “Andijon — Toshkent” poyezdi Andijondan 15:38 da joʻnab, Margʻilonga 16:11, Qoʻqonga 16:43, Popga 17:11, Angrenga 18:50 va Toshkent-Yoʻlovchi bekatiga 19:53 da yetib boradi.

Elektropoyezd tarkibida jami 357 ta oʻrin mavjud. Shundan 1-iqtisodiy vagonda 95 ta, 2-iqtisodiy vagonda 95 ta, 3-iqtisodiy vagonda 72 ta va 4-iqtisodiy vagonda 95 ta oʻrin ajratilgan.

Shuningdek, 10-sentyabrdan boshlab qator yoʻlovchi poyezdlarining harakat jadvaliga ham oʻzgartirishlar kiritiladi.

Jumladan, 91-sonli “Andijon — Toshkent” poyezdi 15-sentyabrdan Andijondan 18:40 da joʻnab, Toshkentga 01:31 da yetib boradi.

92-sonli “Toshkent — Andijon” poyezdi 14-sentyabrdan Toshkentdan 17:50 da joʻnab, Andijonga 00:36 da yetib boradi.

93-sonli “Andijon — Toshkent” poyezdi 12-sentyabrdan Andijondan 16:35 da joʻnab, Toshkentga 22:31 da yetib boradi.

97/95-sonli “Andijon — Toshkent” poyezdi 10-sentyabrdan Andijondan 17:30 da joʻnab, Toshkentga 00:27 da yetib boradi.

96-sonli “Toshkent — Andijon” poyezdi 10-sentyabrdan Toshkentdan 04:55 da joʻnab, Andijonga 11:43 da yetib boradi.

98/94-sonli “Toshkent — Andijon” poyezdi 10-sentyabrdan Toshkentdan 07:14 da joʻnab, Andijonga 13:48 da yetib boradi.

126/125-sonli “Xiva/Urganch — Andijon” poyezdi 9-sentyabrdan yangilangan jadval asosida harakatlanadi. Poyezd Toshkent-Janubiy bekatidan 05:58 da joʻnab, Andijonga 12:13 da yetib boradi.

125/126-sonli “Andijon — Xiva/Urganch” poyezdi 10-sentyabrdan Andijondan 15:45 da joʻnab, Toshkent-Janubiy bekatiga 21:48 da yetib boradi. Keyingi yoʻnalishda amaldagi jadval asosida harakatlanadi.

127/128-sonli “Andijon — Qoʻngʻirot” poyezdi 10-sentyabrdan Andijondan 17:30 da joʻnab, Toshkent-Janubiy bekatiga 00:27 da yetib boradi. Keyingi yoʻnalishda amaldagi jadval asosida harakatlanadi.

128/127-sonli “Qoʻngʻirot — Andijon” poyezdi 10-sentyabrdan Toshkent-Janubiy bekatidan 05:58 da joʻnab, Andijonga 13:14 da yetib boradi.

129/130-sonli “Andijon — Termiz” poyezdi 10-sentyabrdan Andijondan 16:35 da joʻnab, Toshkent-Janubiy bekatiga 22:31 da yetib boradi. Keyingi yoʻnalishda amaldagi jadval asosida harakatlanadi.

130/129-sonli “Termiz — Andijon” poyezdi 9-sentyabrdan yangilangan jadval asosida harakatlanadi. Poyezd Toshkent-Janubiy bekatidan 07:14 da joʻnab, Andijonga 13:15 da yetib boradi.

731-sonli “Andijon — Toshkent” poyezdi 10-sentyabrdan Andijondan 06:35 da joʻnab, Toshkentga 13:15 da yetib boradi.

732-sonli “Toshkent — Andijon” poyezdi 10-sentyabrdan Toshkentdan 17:50 da joʻnab, Andijonga 23:58 da yetib boradi.

733-sonli “Andijon — Toshkent” poyezdi 14-sentyabrdan Andijondan 05:50 da joʻnab, Toshkentga 13:15 da yetib boradi.

734-sonli “Toshkent — Andijon” poyezdi 13-sentyabrdan Toshkentdan 17:50 da joʻnab, Andijonga 00:36 da yetib boradi.

Shaharlararo va vodiy ichidagi qatnovlar jadvalida ham oʻzgarishlar mavjud.

6312-sonli “Qoʻqon — Andijon” poyezdi 10-sentyabrdan Qoʻqondan 06:05 da joʻnab, Andijonga 08:44 da yetib boradi.

6313-sonli “Andijon — Qoʻqon” poyezdi 10-sentyabrdan Andijondan 17:08 da joʻnab, Qoʻqonga 19:45 da yetib boradi.

7091-sonli “Qoʻqon — Namangan — Andijon — Qoʻqon” poyezdi 10-sentyabrdan Qoʻqondan 05:30 da joʻnaydi. Namanganga 07:51 da, Andijonga 10:40 da yetib boradi va Qoʻqonga 13:42 da qaytib keladi.

7093-sonli “Qoʻqon — Namangan” poyezdi 10-sentyabrdan Qoʻqondan 14:15 da joʻnab, Namanganga 16:36 da yetib boradi.

7094-sonli “Namangan — Qoʻqon” poyezdi 10-sentyabrdan Namangandan 17:00 da joʻnab, Qoʻqonga 19:16 da yetib boradi.

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati yoʻlovchilardan safar oldidan poyezdlarning yangilangan harakat jadvaliga eʼtibor qaratishlarini soʻradi.