Chorvoq suv omborida choʻkib ketgan 3 nafar fuqarodan birining jasadi topildi

Joriy yilning 2-sentyabr kuni Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv ombori suv havzasida 3 nafar fuqaro — ota va uning ikki oʻgʻili katerda sayrga chiqqani va suzish taqiqlangan hududga borib himoya nimchasiz suvga tushib, choʻkib ketgani haqida xabar berilgan edi edi.

Xabar kelib tushgan zahoti FVV gʻavvos-qutqaruvchilari hodisa joyiga yetib borib, qidiruv ishlarini boshlagan.

Shuningdek, qidiruv ishlari koʻlamining kengligi va suv omborining chuqurligini inobatga olib, hodisa joyida Favqulodda vaziyatlar vaziri topshirigʻiga asosan shtab faoliyati tashkil etilib, qoʻshimcha ravishda Jizzax va Sirdaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalaridan qoʻshimcha kuchlar jalb etilgan.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida bugun, 9-sentyabr kuni soat 13:02 da choʻkib ketgan fuqarolardan birining jasadi topilgan.

Qayd etilishicha, qidiruv ishlari davom ettirilmoqda. Jarayonda barcha zarur texnika va zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanilmoqda.