Xitoy kompaniyasi Namangan viloyatida bo‘yoq ishlab chiqarish korxonasini quradi

07.09.2026 18:58 IPAK YO‘LI 5126 ipaknews.uz

Xitoyning Raising Sun Technology Co. Ltd kompaniyasi Namangan viloyatida materiallar uchun bo‘yoqlar ishlab chiqaradigan korxona qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya rahbari Mao Bu Se boshchiligidagi vakillar Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bilan loyiha yuzasidan muzokara o‘tkazdi.

Korxonani joylashtirish uchun Chust tumanidagi Namangan erkin iqtisodiy zonasi hududini ko‘rib chiqish taklif etildi.

Loyihani uch bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan. Unga jami 200 million dollardan ortiq investitsiya kiritiladi.

Birinchi bosqichda 85 million dollar investitsiya o‘zlashtirilib, 500 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Korxona ekologik talablarga rioya qilingan holda quriladi. Loyiha to‘liq ishga tushirilgach, kompaniya 500 nafardan ortiq kishini ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda.