Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish boʻyicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi.
Yil boshida respublikada kambagʻallik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu koʻrsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda.
Ishni toʻgʻri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambagʻallikdan xoli hududga aylanayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi masʼullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi.
Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini taʼkidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.