Oʻzbekiston Birinchi xonimi SHHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Qirgʻiz Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi Birinchi xonimlari bilan birgalikda Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida tashkil etilgan madaniy tadbirlarda ishtirok etdi.

Birinchi xonimlar qirgʻiz xalq amaliy bezak sanʼati ustalarining ijodiy ishlari namoyish etilgan koʻrgazma bilan tanishdilar.

“Salbuurun” milliy federatsiyasi vakillari mehmonlarga qirgʻiz tayganlari va qoʻlga oʻrgatilgan burgutlarni namoyish etib, qadimiy ovchilik anʼanalari haqida maʼlumot berishdi.

Dastur yakunida “Enesay” qabul uyida oliy martabali mehmonlar eʼtiboriga Qirgʻiziston bolalar musiqa va raqs jamoalarining konserti tomosha qilindi.