Oʻzbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til boʻlishi lozim — Prezident

Taʼlim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilandi.

AT, sunʼiy intellekt va kreativ iqtisodiyot rivojiga yangi ruh berilib, 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi.

Istiqlol bayrami arafasida xitoylik hamkorlar bilan “Samarqand – 2028” sunʼiy yoʻldoshi fazoga uchirilgani alohida gʻurur bilan qayd etildi.

— Mening niyatim: Oʻzbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilgʻor tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. Oʻzbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til boʻlishi lozim, — dedi davlatimiz rahbari.

Inson qadri haqida soʻz yuritganda, aholi salomatligiga alohida eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi. Soʻnggi yillarda sohaga ajratilayotgan mablagʻ 8 karradan ziyod oshirilib, sifatli tibbiy xizmat olish imkoniyati markazda ham, hududlarda ham yaratildi.