O‘zbekiston va Xitoy strategik sheriklikni mustahkamlamoqda

27.08.2026 15:26 IPAK YO‘LI 4960 ipaknews.uz

ip
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli siyosiy arboblaridan biri — Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Letszi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muloqot samimiy va konstruktiv ruhda kechdi.

Tomonlar, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik rivojlanib, sifat jihatidan yangi bosqichga chiqayotganini alohida ta’kidladilar.

Tomonlar, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik rivojlanib, sifat jihatidan yangi bosqichga chiqayotganini alohida ta’kidladilar.

O‘zbekiston Xitoyning qo‘llab-quvvatlashini yuksak qadrlashini bildirib, transport, savdo, ta’lim va madaniyat sohalarida aniq loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida qo‘shma rejalar ko‘lami sezilarli darajada shakllanganini, asosiy vazifa esa ularni izchil va samarali amalga oshirishdan iborat ekanini ta’kidladilar.


Uchrashuv yakunida Saida Mirziyoyeva Chjao Letsziga mazmunli va samarali muloqot uchun minnatdorlik bildirdi. Ushbu muloqot O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, XKP Markaziy qo‘mitasi Tashqi ishlar komissiyasi devoni rahbari, tashqi ishlar vaziri Van I bilan ochiq va do‘stona ruhda uchrashuv o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik yangi bosqichga chiqib, yangi istiqbollarni ochmoqda. Shu bois uchrashuvda savdo, iqtisodiyot va investitsiyalardan tortib, madaniy aloqalargacha bo‘lgan qator muhim yo‘nalishlarda munosabatlarning rivojlanish jarayoni muhokama qilindi.

S. Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, uchrashuv davomida tomonlar global miqyosdagi masalalar bo‘yicha umumiy pozitsiyalarni ishlab chiqishga ham alohida e’tibor qaratdilar.