120 daqiqada ulgurish

18.08.2026 10:00 IPAK YO‘LI 2433 ipaknews.uz

Sinxay-Sitszan temir yo‘lining birinchi ayollar defektoskopiya brigadasi 2020-yilda tashkil etilgan. Brigada Lxasa hududidagi, dengiz sathidan o‘rtacha 3 800 metr balandlikda joylashgan temir yo‘l uchastigiga xizmat ko‘rsatadi. Brigada tarkibida xitoylik xanlar, tibet, huey va tusulik ayollar bor. Ular 1970-yillarda tug‘ilganlardan tortib, 2000-yillarda tug‘ilganlargacha bo‘lgan turli avlod vakillaridir.

Ular yil davomida baland tog‘ sharoitida mehnat qiladi. Bu yerda kislorod yetishmasligi va haroratning keskin o‘zgarishlarini hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Atigi 120 daqiqa davom etadigan qisqa tungi texnik «oynalar» vaqtida xodimalar og‘ir defektoskoplarni qo‘lda ko‘chiradi, qurilmalardan kelayotgan signallarni tahlil qiladi va relslarning ko‘zga ko‘rinmaydigan ichki nuqsonlarini aniqlaydi.

Brigadada ustoz-shogird tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Shu tufayli barcha xodimalar kasbni puxta egallab, defektoskopiya ishlarini mustaqil ravishda amalga oshira oladi. Turli millat vakillari ish jarayonida ham, kundalik hayotda ham bir-birlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ularning ishi nihoyatda aniqlik va e’tibor talab qiladi. Chunki temir yo‘lning baland tog‘li uchastkasida poyezdlar harakatining xavfsizligi bevosita tekshiruv natijalariga bog‘liq.