Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deb xabar bermoqda Oʻzenergoinspeksiya matbuot xizmati.
Mutaxassislar “F. Z. B.” korxonasiga tegishli suv nasoslari elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanganini aniqladilar.
“Yetkazilgan zarar miqdori 1 mlrd 561 mln soʻmni tashkil etdi”, — deyiladi xabarda.
Nazorat tadbirlari davom etmoqda.