Oʻzbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 375 mingdan oshdi

13.08.2026 15:40 O'zbekiston 3112 ipaknews.uz

Joriy yilning 1-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 375 071 nafarga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Hududlar kesimida eng koʻp yakka tartibdagi tadbirkorlar Toshkent shahrida qayd etilgan boʻlib, ularning soni 58 088 nafarni tashkil etgan. Fargʻona viloyati 40 259 nafar va Samarqand viloyati 37 365 nafar tadbirkor bilan keyingi oʻrinlarni egallagan.

Shuningdek, Toshkent viloyatida 35 173 nafar, Andijon viloyatida 31 683 nafar, Qashqadaryo viloyatida 27 542 nafar hamda Namangan viloyatida 27 003 nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda.

Qolgan hududlardagi koʻrsatkichlar quyidagicha:

  • Buxoro viloyati — 22 383 nafar;

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 22 053 nafar;

  • Surxondaryo viloyati — 20 302 nafar;

  • Xorazm viloyati — 18 965 nafar;

  • Jizzax viloyati — 14 339 nafar;

  • Sirdaryo viloyati — 10 286 nafar;

  • Navoiy viloyati — 9 630 nafar.