Oltin tog‘larning maftunkor manzaralari

10.08.2026 14:00 IPAK YO‘LI 2322 ipaknews.uz

XXRning Shinjon-uyg‘ur avtonom rayonining Jotsyan uyezdida joylashgan "Altin-Tag" milliy tabiat qo‘riqxonasi yoz faslida ayniqsa go‘zal manzaraga ega bo‘ladi. Bu paytda hududning baland tog‘li landshaftlari sayohatchilar uchun yanada qulaylashadi.

Qo‘riqxona Kunlun tog‘ tizmasining sharqiy qismida joylashgan. Uning maydoni qariyb 45 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi, o‘rtacha balandligi esa dengiz sathidan 4000 metrdan oshadi. Hududning olisda joylashgani va relyefining murakkabligi tufayli bu maskan o‘zining tabiiy qiyofasini katta darajada saqlab qolgan.

Bu yerda yuzlab turdagi yovvoyi hayvonlar yashaydi. Baland tog‘li kengliklar ular uchun tabiiy yashash muhiti hisoblanadi.

Yoz faslida Oltin-Tag hududida qor bilan qoplangan cho‘qqilar, baland tog‘ ko‘llari va keng vodiylarni ko‘rish mumkin. Qo‘riqxona tabiati tog‘lar, daryolar va boy o‘simlik dunyosini o‘zida uyg‘unlashtirgan bo‘lib, Shinjondagi baland tog‘ ekotizimining o‘ziga xos xususiyatlarini asrab kelmoqda.