Endilikda bankdan 500 dollargacha naqd chet el valyutasini hujjatsiz olish mumkin

Endilikda bankdan 500 AQSH dollarigacha naqd chet el valyutasini hujjatsiz olish mumkin. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan qabul qilingan idoraviy hujjatga koʻra, endilikda banklardan 500 AQSH dollarigacha naqd chet el valyutasini sotib olishda pasport, ID-karta yoki ular oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat talab etilmaydi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu idoraviy hujjat kecha, 9-avgustdan eʼtiboran kuchga kirgan. Bunga qadar banklardan chet el valyutasini hujjatsiz sotib olish mumkin boʻlgan miqdor 100 AQSH dollarini tashkil qilar edi.