Rossiyada qarovsiz qolgan voyaga yetmagan bolalar O'zbekistonga qaytarildi

17.04.2024 00:00 O'zbekiston 5

Mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Ichki ishlar va Sog'liqni saqlash vazirliklari vakillari bilan birgalikda Rossiya hududida qonuniy vakillari bo‘lmagan 17 nafar voyaga yetmagan bolalarni Vatanga qaytardi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi.

u75W0C15172204788316_l

Bundan tashqari, elchixona tomonidan bolalarga Vatanga qaytish uchun bepul sertifikatlar berildi.

O‘zbekistonga qaytarilgan barcha voyaga yetmagan bolalar yaqin qarindoshlariga yoki mamlakatimizdagi maxsus bolalar muassasalariga vasiylik qilish uchun topshiriladi.