Olimlar sayyoraning tabiiy resurslarini va biologik xilma-xillikni saqlab qolish, shuningdek, karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish uchun 2200-yilgacha Yer aholisini ikki baravarga kamaytirishni taklif qilishdi. Tegishli maqola Sustainable Development ilmiy jurnalida eʼlon qilindi.
Tadqiqotchilar 1970-yildan beri global aholi soni darajasi biologik xilma-xillik, resurslarni isteʼmol qilish va atrof-muhitning ifloslanishining sakkizta koʻrsatkichi bilan qay darajada bogʻliqligini aniqladilar.
— Bu kabi tendensiyalar 1970-yilda boshlanmagan boʻlsa-da, oʻshandan beri ular sezilarli darajada ortdi, — deyiladi maqolada.
Ekspertlar koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun 2200-yilgacha sayyora aholisini 4 milliard kishigacha yoki undan ham kamroqqa kamaytirish kerak degan xulosaga kelishdi.
Olimlarning fikricha, aholini bunday songacha kamaytirish vahshiy ekotizimlarga tushayotgan bosimni kamaytiradi va iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatadi.