Toshkentda avtobuslarda chiptasiz yurgan qariyb 80 ming yoʻlovchi jarimaga tortildi

Toshkent shahrida 2026-yil boshidan buyon avtobuslarda chiptasiz yurgan qariyb 80 ming yoʻlovchi jarimaga tortildi. Bu haqida Transport vazirligi maʼlum qildi.

Bildirilishicha, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida avtobuslarda chiptasiz yurgan yoʻlovchilarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 144-moddasi (transportda chiptasiz yurish) 5-qismiga asosan 79 618 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirgan.

Har bir huquqbuzar yoʻlovchiga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismi (41 200 soʻm) miqdorida jarima solingan. 2026-yilning oʻtgan davri mobaynida huquqbuzarlik sodir etgan yoʻlovchilardan undirilgan jarimalar miqdori deyarli 2 mlrd soʻmni tashkil etgan.

“Yoʻl haqi toʻlovini oʻz vaqtida amalga oshirish, jarima toʻlashdan koʻra foydaliroq”, — deyiladi vazirlik xabarida.