Oʻzbekistonda aholi daromadlari 9,2 foizga oʻsdi

Foto: xs.uz
Foto: xs.uz
30.07.2026 15:15 O'zbekiston 3005 ipaknews.uz

2026-yilning yanvar–iyun oylarida aholining umumiy daromadlari 618,3 trln soʻmni tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlari eʼlon qilindi.

Bildirilishicha, inflyatsiyani hisobga olgan holda, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real oʻsish surʼati 109,2 foizni tashkil etgan.

Mazkur davrda aholi jon boshiga umumiy daromadlar 16,1 million soʻmni tashkil etdi. Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning nominal oʻsish surʼati 114,5 foiz, real oʻsish surʼati 107,3 foiz darajasida qayd etildi.