Toshkent shahri 2026-2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi

29.07.2026 17:00 O'zbekiston 3671 ipaknews.uz

“Toshkent shahrini 2026-2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanaliga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Ushbu qarorga koʻra, 2031-yil 1-yanvarga qadar Toshkent shahrida, eksperiment tariqasida, quyidagi tartib joriy qilinadi:

  • barcha tumanlarni maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari bilan bogʻlash, ularning salohiyatini oshirish va yangi loyihalarni koʻpaytirish maqsadida har bir tumanga loyihalarni joylashtirish uchun maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari hududidan Toshkent shahar hokimi qarori bilan yer maydonlari biriktiriladi.

Shuningdek, Olmazor tumanida joylashgan Yoshlar markazi binosida yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga oʻqitish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish yoʻnalishlarida Yoshlar kreativ parki tashkil etiladi.

“Toshkent kitob tijorat” uyushmasiga aʼzo boʻlgan kitoblar savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlarga aholi gavjum joylarda, bozorlarda, yirik savdo markazlarida, shoh koʻchalarda yengil konstruksiyali kitob doʻkonlarini oʻrnatish, “Book cafe”larni tashkil qilish, poytaxtda barpo etilayotgan 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritadigan sayilgohlarda “kitob koʻchasi” faoliyatini yoʻlga qoʻyishga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, maydoni 5 ming metr kvadratdan ortiq savdo markazlarida kitob doʻkonlarini tashkil etishning majburiy tartibi joriy qilinadi.