2026-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonda koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 664,9 trillion soʻmga yetdi. Ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 16,9 foizga oshgan.
Bildirilishicha, bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallagan boʻlib, ularning hajmi 170 trillion soʻmni tashkil etgan. Shuningdek, yashash va ovqatlanish xizmatlari 115,2 trillion soʻm, moliyaviy xizmatlar 104,2 trillion soʻm, transport xizmatlari esa 103,9 trillion soʻmga yetgan.
Yanvar–iyun oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 51,9 trillion soʻm, taʼlim sohasidagi xizmatlar 23,8 trillion soʻm, koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar 16,2 trillion soʻmni tashkil etgan.
Bundan tashqari, shaxsiy xizmatlar hajmi 11,9 trillion soʻm, sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar 11,3 trillion soʻm, meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil xizmatlari 8,9 trillion soʻm, kompyuterlar hamda maishiy tovarlarni taʼmirlash xizmatlari 7,8 trillion soʻm, ijara xizmatlari esa 7,6 trillion soʻmni tashkil etgan. Boshqa turdagi xizmatlar hajmi 32,2 trillion soʻmga teng boʻlgan.