Insonlar Marsga 5-7-yil ichida qoʻnishi mumkin

29.07.2026 15:54 Dunyo 1632

Amerikalik tadbirkor va SpaceX asoschisi Ilon Mask insonlar Marsga taxminan 5-7-yil ichida qoʻnishini maʼlum qildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Mask bu fikrni X ijtimoiy tarmogʻida NASA rahbari Jared Ayzekmanning Marsga toʻrt kishilik ekipajni qoʻndirish yana 10-15-yil vaqt olishi mumkinligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirib yozgan.

“Insonlar Marsga taxminan 5–7-yil ichida qoʻnadi. Bu undan ham ertaroq amalga oshishi mumkin”, — deb yozgan Ilon Mask.

Maʼlumot uchun, Mask avval ham bir necha bor SpaceX kompaniyasining uzoq muddatli maqsadi insonlarni Marsga yetkazish va sayyorada doimiy yashash imkoniyatini yaratish ekanini taʼkidlagan.