28-iyul kuni havo harorati 42 darajagacha koʻtariladi

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”
28.07.2026 08:55 O'zbekiston 3904 ipaknews.uz

“Oʻzgidromet” 28-iyul kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-25°, kunduzi 37-39° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 37-42° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 37-42° boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 37-42° boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 25-30° boʻladi.