Toshkent modernizm meʼmorchiligi YUNESKOning Xalqaro roʻyxatiga kiritildi

Foto: xs.uz
Foto: xs.uz
27.07.2026 11:00 O'zbekiston 3919 ipaknews.uz


Toshkent modernizm meʼmorchiligi YUNESKOning Xalqaro roʻyxatiga kiritildi

Toshkent shahrining modernizm meʼmorchiligi obyektlari YUNESKOning Xalqaro roʻyxatiga kiritildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva maʼlum qildi.

"Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berishicha, qaror Koreya Respublikasining Pusan shahrida oʻtkazilayotgan YUNESKO Butunjahon merosi qoʻmitasining 48-sessiyasida qabul qilingan. 

Gallery 1
Gallery 2
Gallery 3
Gallery 4

“Soʻnggi 25-yil davomida Oʻzbekiston tomonidan taqdim etilgan milliy nominatsiya ilk bor shunday yuksak maqomga sazovor boʻldi”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Prezident Administratsiyasi rahbarining taʼkidlashicha, mazkur qaror nafaqat alohida binolar, balki 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin poytaxtning qayta qurilishi bilan bogʻliq butun bir arxitektura davrining xalqaro miqyosda eʼtirof etilganini anglatadi.

Gallery 1
Gallery 2
Gallery 3
Gallery 4
Gallery 5

Uning soʻzlariga koʻra, aynan shu davrda Toshkent zamonaviy meʼmorchilik, Markaziy Osiyo anʼanalari va mahalliy iqlim xususiyatlarini oʻzida uygʻunlashtirgan oʻziga xos qiyofa kasb etgan.

Saida Mirziyoyeva ushbu qarorni Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi navbatdagi muhim yutugʻi deb baholab, bu boy meʼmoriy merosni asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga yetkazish yoʻlidagi muhim qadam ekanini taʼkidladi.