2026-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda umumiy foydalanishdagi qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uzunligi 42 054 kilometrni tashkil etgan.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,4 foizga koʻpaygan.
Maʼlumot uchun, bu masofa Yer sharini ekvator boʻylab bir marta toʻliq aylanib chiqishga yetadi, hatto yana qariyb 2 ming kilometr yoʻl ortib qoladi.