Qashqadaryoda 2,4 mlrd soʻmlik litsenziyasiz dori vositalari sotilgani aniqlandi

24.07.2026 15:00 O'zbekiston 3847 ipaknews.uz

Qashqadaryo viloyatida litsenziyasiz dori vositalari savdosi bilan shugʻullangan shaxs fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “H.B.” xususiy korxonasi rahbari M.U.ga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana realizatsiya qilish uchun berilgan litsenziya sud qarori bilan bekor qilinganiga qaramasdan, u 2,4 milliard soʻmlik dori vositalarini sotgani aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ish boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.