Yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 5 oyda 90 trln soʻmdan oshdi

23.07.2026 11:00 O'zbekiston 2837 ipaknews.uz

2026-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 90,7 trln soʻmni tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda 14,1 foizga koʻpaygan.

Mazkur turdagi xizmatlarning hududlar kesimidagi hajmi quyidagicha:

  • Toshkent shahri — 16,6 trln soʻm;

  • Samarqand viloyati — 11 trln soʻm;

  • Namangan viloyati — 9,3 trln soʻm;

  • Fargʻona viloyati — 8,7 trln soʻm;

  • Qashqadaryo viloyati — 7,8 trln soʻm;

  • Toshkent viloyati — 6,3 trln soʻm;

  • Andijon viloyati — 5,8 trln soʻm;

  • Xorazm viloyati — 4,8 trln soʻm;

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 4,6 trln soʻm;

  • Buxoro viloyati — 4,5 trln soʻm;

  • Surxondaryo viloyati — 3,7 trln soʻm;

  • Navoiy viloyati — 3,2 trln soʻm;

  • Jizzax viloyati — 2,6 trln soʻm;

  • Sirdaryo viloyati — 1,7 trln soʻm.