Ertadan “Jaloliddin Manguberdi” elektropoyezdi muntazam qatnovni boshlaydi

21.07.2026 19:30 O'zbekiston 2044 ipaknews.uz

Ertaga, 22-iyuldan boshlab “Jaloliddin Manguberdi” yuqori tezlikdagi elektropoyezdining ikkinchi tarkibi Toshkent – Xiva – Toshkent yoʻnalishida muntazam qatnovni boshlaydi. Bu haqida Transport vazirligi xabar berdi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”

Qatnov kunlari:

  • Toshkent → Xiva — dushanba, chorshanba va juma;

  • Xiva → Toshkent — seshanba, payshanba va shanba.

Joʻnash vaqti: Toshkent — 07:00, Xiva — 07:15.

Safar davomiyligi — 7 soat 36 daqiqa.

Maʼlumot uchun, ushbu loyiha davlatimiz rahbarining 2023-yil 10-oktyabrdagi PQ–329-son qarori asosida Koreya Eksimbanki hamkorligida amalga oshirilmoqda.

“Yangi tarkibning qatnovga chiqarilishi yoʻlovchilarga yanada qulay, tezkor va zamonaviy temiryoʻl xizmatlarini taqdim etishga xizmat qiladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.