Maʼlumki, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi davlat umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari davom etmoqda.
Kecha, 20-iyul sanasiga qadar umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga 600 065 nafar bola qabul qilingan. Ularning 322 944 nafari onlayn, 277 121 nafari esa anʼanaviy tartibda roʻyxatdan oʻtgan. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Hududlar kesimidagi koʻrsatkich quyidagicha taqsimlangan:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 32 093 nafar;
Andijon viloyati — 56 884 nafar;
Buxoro viloyati — 28 993 nafar;
Jizzax viloyati — 27 696 nafar;
Qashqadaryo viloyati — 70 135 nafar;
Navoiy viloyati — 14 190 nafar;
Namangan viloyati — 52 022 nafar;
Samarqand viloyati — 72 697 nafar;
Surxondaryo viloyati — 54 686 nafar;
Sirdaryo viloyati — 12 442 nafar;
Toshkent viloyati — 46 849 nafar;
Fargʻona viloyati — 68 563 nafar;
Xorazm viloyati — 30 522 nafar;
Toshkent shahri — 32 293 nafar.
Maʼlumot uchun, 2026-2027 oʻquv yilida yurtimizdagi 135 ta tuman va shahardagi 5 690 ta maktabda qabul jarayonlari onlayn tarzda tashkil etilmoqda. Eslatib oʻtamiz, mikrohudud doirasidagi qabul jarayonlari joriy yilning 31-iyulga qadar davom etadi.