O‘zbekistonda dollar kursi oshdi

21.07.2026 18:16 O'zbekiston 2364 ipaknews.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 22-iyul kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 26,47 soʻmga oshdi va 11 986,56 soʻmni tashkil qildi.

Yevro kursi 21,27 soʻmga ko'tarilib, 13 691,65 soʻm etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,44 soʻmga tushdi va 152,09 soʻmni tashkil qildi.