Temir yoʻl infratuzilmasi uchun Jahon bankidan 200 million dollar jalb qilinadi

21.07.2026 18:00 O'zbekiston 3537 ipaknews.uz
Bosh prokuraturaga yuk vagonlarini koʻpaytirishga ajratilgan mablagʻlarning ishlatilishi va tadbirkorlarga vagon ajratilishi tizimini oʻrganib, uni shaffof qilish boʻyicha taklif kiritish topshirildi.

Tashqi savdo yuklarining 70 foizi, yaʼni 46 million tonnasi temir yoʻl orqali tashiladi. Shu bilan birga, ushbu yoʻnalishda tadbirkorlardan eʼtirozlar koʻpligi qayd etildi.

Yil boshidan sement ishlab chiqaruvchilar yuk tashish uchun soʻragan 2 ming 800 ta vagon yetkazib berilmagan. Ikkinchi yarim yillikda qoʻshimcha 1 ming 300 ta yuk vagoni ishlab chiqarish rejasi ham yetarli emasligi aytildi.

Mutasaddilarga oʻn kunda hamkor davlatlarda boʻsh turgan 10 mingta vagonni xususiy sektor bilan birgalikda olib kelish boʻyicha hisob-kitob tayyorlash topshirildi.

Shu bilan birga, “Angren – Pop”, “Toshgʻuzor – Qumqoʻrgʻon” va “Toshkent – Samarqand” temir yoʻl liniyalari ortiqcha yuklama bilan ishlayotgani qayd etildi.

Yil yakunigacha temir yoʻl infratuzilmasi uchun Jahon bankidan 200 million dollar jalb qilish boʻyicha kelishuvga erishish vazifasi qoʻyildi.

Bosh prokuraturaga yuk vagonlarini koʻpaytirishga ajratilgan mablagʻlarning ishlatilishi va tadbirkorlarga vagon ajratilishi tizimini oʻrganib, uni shaffof qilish boʻyicha taklif kiritish topshirildi.