“Oʻzgidromet” 21-iyul kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi, 12–14 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25–27 daraja, kunduzi 36–38 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 30–35 daraja boʻladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 30–35 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda 20–22 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 24–29 daraja, kunduzi 33–38 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 33–38 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda 20–22 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27–32 daraja, kunduzi 38–43 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 24–29 daraja, kunduzi 34–39 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 28–33 daraja boʻladi.