Quvaytning “Al-Salmiya” klubi Oʻzbekiston milliy jamoasi himoyachisi Shahzod Azmiddinov transferini rasman eʼlon qildi.
Azmiddinov mavsumning birinchi qismini “Paxtakor” safida oʻtkazdi. U Superligada 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Shuningdek, Oʻzbekiston Kubogi guruh bosqichidagi barcha 3 bahsda ham ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun, “Al-Salmiya” ayni paytda Quvayt chempionati turnir jadvalida 5-oʻrinni egallab turibdi.