2026-yilning yanvar–may oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan 2 trln soʻmlik kompyuterlar, elektron va optik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 29,4 foizga oshgan.
Hududlar kesimida ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
Toshkent shahri — 890,5 mlrd soʻm;
Toshkent viloyati — 527,6 mlrd soʻm;
Qashqadaryo viloyati — 207,1 mlrd soʻm;
Fargʻona viloyati — 104,2 mlrd soʻm;
Namangan viloyati — 101,1 mlrd soʻm;
Navoiy viloyati — 95,4 mlrd soʻm;
Jizzax viloyati — 28,8 mlrd soʻm;
Sirdaryo viloyati — 11,1 mlrd soʻm;
Buxoro viloyati — 6,8 mlrd soʻm;
Andijon viloyati — 5,4 mlrd soʻm;
Samarqand viloyati — 4,7 mlrd soʻm;
Surxondaryo viloyati — 1,5 mlrd soʻm;
Xorazm viloyati — 1,2 mlrd soʻm;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 0,8 mlrd soʻm.