Fuqaroni 8 ming dollar evaziga Koreyaga yubormoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

19.07.2026 16:25 O'zbekiston 3771 ipaknews.uz

Koreya davlatiga ishga yuborish bilan bogʻliq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon shahri boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda fuqaro Z.I. fuqaro Sh.I.ning ishonchiga kirib, uni 8 000 AQSH dollari evaziga goʻyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, kelishilgan puldan 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 200 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.