Toshkent shahrida qalbaki pullarni sotgan shaxslar ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda fuqarolar M.A. M.A. va B.B. fuqaro B.L.ga qalbaki 10 ming AQSH dollari va 20 mln soʻmni 14 mln soʻmga hamda qalbaki 10 ming AQSH dollarini fuqaro Oʻ.A.ga 8,4 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.