Oʻzbekiston 4 oyda qiymati 3,7 mln dollarga teng trikotaj futbolkalar import qildi

19.07.2026 15:59 O'zbekiston 3336 ipaknews.uz

2026-yilning yanvar–aprel oylarida Oʻzbekistonga xorijdan qiymati 3,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 826,9 ming dona trikotaj futbolkalar import qilingan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, import hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 397,1 ming donaga yoki 1,9 barobarga koʻpaygan.

Mazkur davrda Oʻzbekistonga eng koʻp futbolka yetkazib bergan davlatlar:

  • Bangladesh — 476 780 dona;

  • Turkiya — 141 650 dona;

  • Hindiston — 85 418 dona;

  • Pokiston — 37 145 dona;

  • Xitoy — 32 373 dona;

  • Marokash — 11 812 dona;

  • Misr — 9 132 dona;

  • Portugaliya — 6 206 dona;

  • Vyetnam — 5 514 dona;

  • Kambodja — 2 960 dona;

  • Boshqa davlatlar — 17 872 dona.