Jizzaxda 3,3 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlandi

18.07.2026 17:00 O'zbekiston 3841 ipaknews.uz

Jizzax viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya”ga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura shtabi tomonidan Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida oʻtkazilgan nazorat tadbirida “A. S. D.” MCHJga qarashli suv nasoslari oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 315,5 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani maʼlum boʻlgan.

Shuningdek, ushbu tumanda joylashgan “A. S.” fermer xoʻjaligiga qarashli suv nasoslarida ham xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, keltirilgan zarar 3 milliard 35 million soʻmni tashkil qilgan.