Anomal issiq sabab poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar kiritiladi

17.07.2026 12:00 O'zbekiston 1794 ipaknews.uz

Jazirama harorat sababli ayrim temiryoʻl yoʻnalishlarida poyezdlar harakat tezligiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etiladi. Bu haqda “Temiryoʻlekspress” AJ maʼlum qildi.

“Oʻzgidromet” maʼlumotlariga koʻra, respublikaning katta qismiga issiq havo oqimi kirib kelgani sababli havo harorati keskin koʻtarilmoqda.

Shu munosabat bilan yoʻlovchilar va poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, temiryoʻl infratuzilmasining barqaror va ishonchli ishlashini saqlash maqsadida ayrim temiryoʻl yoʻnalishlarida poyezdlar harakat tezligiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etiladi.

Bu ayrim poyezdlar harakat jadvalida belgilangan vaqtdan kechroq manzilga yetib borishiga sabab boʻlishi mumkin.

Kompaniya yoʻlovchilardan yuzaga kelgan vaziyatni toʻgʻri qabul qilishni soʻrab, vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr bildirdi. Qayd etilishicha, joriy etilgan cheklovlar, avvalo, yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan.