Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan:
Abdulla Mamasaatovich Abduqodirov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;
Taxirjon Baxodirovich Safarov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti shoʻba mudiri lavozimidan ozod etildi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 10-iyul kuni Prezidentning tegishli farmonlari bilan Sardor Oʻktamovich Umurzakov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori lavozimiga tayinlangan edi. U shu munosabat bilan Prezidentning strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etilgan, shuningdek, davlat rahbarining strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi lavozimi tugatilgandi.