Xitoyning Guanchjou shahrida o‘tkazilgan “China International Building Decoration Fair” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati taqdim etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Taqdimot O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan tashkil etildi va unda Xitoyning 100 dan ortiq kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror o‘sish surʼatlari, sanoatning ustuvor tarmoqlari, hududlarning investitsiya salohiyati, erkin iqtisodiy zonalarning afzalliklari hamda tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.