“Oʻzgidromet” harorat 48 darajagacha koʻtarilishidan ogohlantirdi

16.07.2026 11:00 O'zbekiston 3492 ipaknews.uz
“Oʻzgidromet” respublika hududida harorat 48 darajagacha koʻtarilishidan ogohlantirdi.

Maʼlum qilinishicha, 18-20-iyul kunlari Oʻzbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi davom etadi. Issiq 43-45 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 46-48 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda.

Respublika boʻyicha shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha, baʼzida 20-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”