2026-yil 2-iyul kuni Prezidentning “Baliqchilik tarmogʻini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“ gi PF–122-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi negizida Markaz huzurida Baliqchilikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (Jamgʻarma) tashkil etiladi.
2027-yil 1-mayga qadar baliqchilik xoʻjaliklarida suv resurslaridan foydalanish, baliq yetishtirish hajmi, ozuqa sarfi va qoʻllanayotgan texnologiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yagona tizimda yuritish hamda ijaraga beriladigan suv obyektlari hisobini yuritish boʻyicha “e-baliq” elektron platformasi joriy etiladi.
Toshkent davlat agrar universiteti va Xitoyning Daliyan universiteti bilan hamkorlikda 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab baliqchilik va akvakultura boʻyicha qoʻshma fakultet tashkil etiladi.
Bunda:
• yiliga 50 nafargacha abituriyent talabalikka davlat granti asosida qabul qilinadi;
• taʼlim jarayonlari “2+1” shaklida tashkil etiladi va qabul kvotalari har yili oʻrnatilgan tartibda davlat buyurtmasi qabul parametrlari doirasida tasdiqlanadi.