Mening niyatim – har bir yigit-qiz ana shunday imkoniyatga ega boʻlib, hayotda munosib oʻrnini topsin — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev yurtimizdagi barcha yoshlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.

“Bugungi kunning muvaffaqiyat formulasi, ertangi taraqqiyotning mustahkam zamini uchta eng muhim ustunga tayanadi. Bu – bilim, kasb va texnologiya!

Mening niyatim – har bir yigit-qiz ana shunday imkoniyatga ega boʻlib, hayotda munosib oʻrnini topsin”, dedi Prezidentimiz.

Shuning uchun har yili 500 ming oʻgʻil-qizni zamonaviy kasbga ega boʻlishini taʼminlaydigan “Kelajak bilimlari ekotizimi” yoʻlga qoʻyiladi.

Hududlarimizda “Oʻquv markazi qurib, yoshlarga kasb va til oʻrgataman” degan oʻgʻil-qizlar koʻpayib bormoqda. Endilikda bu maqsadlar uchun yer va davlat obyektlari imtiyozli narxda auksionga chiqariladi.

Yoshlar toʻlovni besh yilda foizsiz boʻlib toʻlaydi. Infratuzilmaga zarurat boʻlsa, davlat qilib beradi.

Oʻquv markazini qurish va jihozlash uchun kredit stavkasining 7 foizi kompensatsiya qilinadi.

Yoshlar oʻquv markazlariga xorijiy ilgʻor oʻquv dasturlari va oʻqituvchilarni olib kelsa, davlat ushbu xarajatning yarmini qoplashga ham tayyor.