Shavkat Mirziyoyev mashhur sportchi va murabbiy Rufat Asadovich Risqiyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Oʻzbek boks maktabining atoqli namoyandasi, jahon chempioni, Olimpiya oʻyinlari sovrindori, mashhur sportchi va murabbiy Rufat Asadovich Risqiyev shu yil 15-avgust kuni 76 yoshida vafot etdi.