Oʻzbekistonda 4 oyda qancha rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarilgan?

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar aprel oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan qiymati 6,2 trln soʻmlik rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarilgan.

Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 25,7 foizga oshgan.

Hududlar kesimida rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish hajmi:

• Toshkent shahri — 2,3 trln soʻm;

• Toshkent viloyati — 1,4 trln soʻm;

• Fargʻona viloyati — 765,3 mlrd soʻm;

• Samarqand viloyati — 398,5 mlrd soʻm;

• Sirdaryo viloyati — 259,8 mlrd soʻm;

• Andijon viloyati — 253,2 mlrd soʻm;

• Jizzax viloyati — 249,7 mlrd soʻm;

• Namangan viloyati — 170,2 mlrd soʻm;

• Navoiy viloyati — 163,7 mlrd soʻm;

• Buxoro viloyati — 99,4 mlrd soʻm;

• Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 82,1 mlrd soʻm;

• Qashqadaryo viloyati — 40,7 mlrd soʻm;

• Xorazm viloyati — 39,9 mlrd soʻm;

• Surxondaryo viloyati — 25,6 mlrd soʻm.