“Paxta va bugʻdoy yetishtiruvchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–82-son, 08.05.2026-y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2026-yil hosilidan boshlab Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada toʻlovlar agentligi (Agentlik) tomonidan quyidagilar kompensatsiya qilinadi:
paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni:
— shartnomada belgilangan muddatda qaytargan xoʻjaliklarga ushbu kreditlar boʻyicha toʻlangan foizning 2,5 foizlik punkti;
— hosil yilining yakuniga (31-dekabriga) qadar qaytargan xoʻjaliklarga kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 5 foizlik punkti;
— bugʻdoy yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1-avgustiga qadar toʻliq qaytargan xoʻjaliklarga ushbu kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovining 4 foizlik punkti;
— paxta xomashyosini xarid qilish uchun paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda paxta xomashyosini qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovining 8 foiz punktidan yuqori, lekin 16 foiz punktdan oshmagan qismi.