Oʻzbekistonda dollar kursi oshdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 8-may kuni amalda boʻladigan qiymatini eʼlon qildi.

Unga koʻra, AQSH dollari 40,69 soʻmga oshib, 12 114,97 soʻm etib belgilandi.

Yevro kursi ham 41,86 soʻmga koʻtarilib, 14 260,53 soʻmni tashkil etdi.

Shuningdek, Rossiya rubli 1,21 soʻmga oshdi va 162,07 soʻm etib belgilangan.